Toshkent shahri va Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hududlarini o`zgaritirish loyihasi qayta ko`rib chiqiladi. Bu haqda "gazeta.uz" xabar qilmoqda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq prezident matbuot xizmati aholiga qulaylik yaratish maqsadida shahardan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtga 10196 gektar er maydoni o`tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.
Qurilish vaziri Botir Zokirov poytaxtning Sergeli, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridan bir qismi, shuningdek, Mirzo-Ulug`bek tumani tarkibidagi Ulug`bek shaharchasini Toshkent viloyati hududiga o`tkazish taklif etilayotganini ma`lum qildi.
Toshkentning hududlari o`zgarishi mo`ljallanayotgan mahallalari aholisi ushbu taklifga qarshi chiqdi va Uchtepa va Sergeli tumanlarida aholi ko`chaga yig`ilib, mutasaddilardan izoh talab qilishdi.






