1

Byudjet ma`lumotlaridagi xatoliklar bo`yicha rasmiy munosabat bildirildi

Jamiyat 15.08.2020, 12:31
Byudjet ma`lumotlaridagi xatoliklar bo`yicha rasmiy munosabat bildirildi

Biroz avval Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning PF-6038 sonli Farmoniga asosan aholining muhtoj qatlamiga tarqatilatilayotgan pul mablag`lari bo`yicha ma`lumotlar Surxondaryo viloyatining ba`zi tumanlari (Termiz shahar, Muzrabot va Jarqo`rg`on) hokimliklari Matbuot xizmatlarining rasmiy Telegram kanallarida nomutanosib va noto`g`ri ravishda berliganligi haqida yozgan edik. Shundan so`ng Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati aralashuvi bilan xatoliklarga yo`l qo`yilgan ma`lumotlar bo`yicha rasmiy izohlar berildi.

1. “Tashkil etilgan “Saxovat va ko`mak” jamg`armasi orqali respublika byudjetidan Jarqo`rg`on tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand yana 1137 ta oilaga ham bir martalik moddiy yordam ajratilgan. Moddiy yordamning umumiy miqdori 1milliard 98 million 240 ming so`mni tashkil etadi. Uyma-uy yurilib, bunday xonadonlarda istiqomat qiluvchi 645 nafar fuqaroning har biriga 220 ming so`mdan tarqatilgan.

645 * 220 000 so`m = 141 mln. 900 ming so`m ˂ 1 mlrd. 98 mln. 240 ming so`m. Mos kelmayapti. Tafovut katta.”

RASMIY MUNOSABAT

Jarqo`rg`on tuman hokimligi axborot xizmati 2020 yilning 14 avgust kuni “Darakchi.uz” saytida e`lon qilingan “Byudjet ma`lumotlarini ulashishdagi xatoliklar: Bu uquvsizlikmi, e`tiborsizlikmi yoki bepisandlikmi?” mavzusidagi material yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi:
Jarqo`rg`on tuman hokimligi axborot xizmati telegram kanalida 13 avgust kuni berilgan xabarda tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand yana 1137 ta oilaga bir martalik moddiy yordam ajratilgani, moddiy yordamning umumiy miqdori 1 milliard 98 million 240 ming so`mni tashkil etishi, 645 nafar fuqaroning har biriga 220 ming so`mdan tarqatilgani haqida aytilgandi. 

Haqiqatdan ham, ushbu xabarni berishda tuman axborot xizmati tomonidan texnik sabablar tufayli xatolikka yo`l qo`yilgan bo`lib, 13 avgust kuni davomida tumanda 1148 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oilaning 4877 nafar a`zosiga 220 ming so`mdan jami 1 milliard 72 million 940 ming so`m tarqatilganligini ma`lum qilamiz.

2. “Termiz shahridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand yana 2638 ta oilaga ham bir martalik moddiy yordam ajratildi. Moddiy yordamning umumiy miqdori 2 milliard 304 million so`mni tashkil etadi. Uyma-uy yurilib, bunday xonadonlarda istiqomat qiluvchi 12098 nafar fuqaroning har biriga 220 ming so`mdan tarqatilgan.

12098 * 220 000 so`m = 2 mlrd. 661 mln. 560 ming so`m ˃ 2 mlrd. 304 mln. so`m. Mos kelmayapti. Tafovut 357 mln so`m.”

RASMIY MUNOSABAT

Termiz shahar hokimligi axborot xizmati 2020 yilning 14 avgust kuni “Darakchi.uz” saytida e`lon qilingan “Byudjet ma`lumotlarini ulashishdagi xatoliklar: Bu uquvsizlikmi, e`tiborsizlikmi yoki bepisandlikmi?” mavzusidagi material yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi:

Termiz shahar hokimligi axborot xizmati telegram kanalida 13 avgust kuni berilgan xabarda shahardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand yana 2638 ta oilaga bir martalik moddiy yordam ajratilgani, moddiy yordamning umumiy miqdori 2 milliard 304 million so`mni tashkil etishi, 12098 nafar fuqaroning har biriga 220 ming so`mdan tarqatilgani haqida aytilgandi. 

Bunda oila va uning a`zolari soni to`g`ri ko`rsatilgan bo`lib, tarqatilgan 2 milliard 661 million 560 ming so`m moddiy yordamning umumiy miqdori axborot xizmati tomonidan texnik xato tufayli noto`g`ri yozilganligini ma`lum qilamiz.

3. “Muzrabot tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand yana 1093 ta oilaga ham bir martalik moddiy yordam ajratildi. Moddiy yordamning umumiy miqdori 1 milliard 81 million 560 ming so`mni tashkil etadi. Uyma-uy yurilib, bunday xonadonlarda istiqomat qiluvchi 4852 nafar fuqaroning har biriga 220 ming so`mdan tarqatilgan.

4852 * 220 000 so`m = 1 mlrd. 67 mln. 440 ming so`m ˂ 1 mlrd. 81 mln. 560 ming so`m. Mos kelmayapti. Tafovut qariyb 14 mln. so`m.”

RASMIY MUNOSABAT

Muzrabot tumani hokimligi axborot xizmati 2020 yilning 14 avgust kuni “Darakchi.uz” saytida e`lon qilingan “Byudjet ma`lumotlarini ulashishdagi xatoliklar: Bu uquvsizlikmi, e`tiborsizlikmi yoki bepisandlikmi?” mavzusidagi material yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi:

Muzrabot tumani hokimligi axborot xizmati telegram kanalida 13 avgust kuni berilgan xabarda tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand yana 1093 ta oilaga bir martalik moddiy yordam ajratilgani, moddiy yordamning umumiy miqdori 1 milliard 81 million 560 ming so`mni tashkil etishi, 4852 nafar fuqaroning har biriga 220 ming so`mdan tarqatilgani haqida aytilgandi. 

Bunda oila va uning a`zolari soni hamda moddiy yordamning umumiy miqdori to`g`ri ko`rsatilgan bo`lib, faqat 4852 nafar fuqaroning hammasiga emas balki, 4623 nafariga 220 ming so`mdan, ikki nafar oila a`zosi mavjud bo`lgan qiynalgan, oilaviy sharoiti og`ir bo`lgan 200 nafar fuqarolarga 250 ming so`mdan, oilada yakka yolg`iz yashovchi ijtimoiy ahvoli og`ir 29 nafar fuqarolarga esa 500 ming so`mdan pul mablag`lari tarqatilganligini ma`lum qilamiz.

       Mas`ullarimizdan har qanday ma`lumot ulashishda e`tiborli va sinchkov bo`lishlarini so`rab qolamiz. 

Sardorbek Rahmonqulov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1