AsosiyJamiyat

Tasviriy san`at yo`nalishida o`qiydigan talabalarga yangi davlat stipendiyasi ta`sis etiladi

'Tasviriy san`at yo`nalishida o`qiydigan talabalarga yangi davlat stipendiyasi ta`sis etiladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining «Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini ta`sis etish to`g`risida»gi qarori loyihasi muhokamasi yakunlandi. 

Qaror bilan Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to`g`risida Nizom tasdiqlanadi.

Nizomga ko`ra, Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi O`zbekiston Respublikasi davlat oliy ta`lim muassasalarining tasviriy san`at, amaliy san`at, dizayn, san`atshunoslik hamda muzeyshunoslik yo`nalishlarining oxirgi ikki kursida ta`lim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalariga tayinlanadi.

Davlat stipendiyasi kvotasi quyidagi ta`lim yo`nalishlarining har biri bo`yicha bittadan alohida-alohida taqsimlanadi:

  • rangtasvir (turlari bo`yicha);
  • grafika va miniatyura;
  • haykaltaroshlik (turlari bo`yicha);
  • amaliy san`at (turlari bo`yicha)
  • dizayn (turlari bo`yicha);
  • san`atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo`yicha).

Davlat stipendiyasiga sazovor bo`lgan talabalar bakalavriat bosqichni tugatganidan so`ng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik bo`yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, grant asosida qabul kvotasi doirasida qabul qilinadi.

Eslatib o`tamiz,  2020/2021 o`quv yilidan boshlab oliy ta`lim muassasalarida tasviriy va amaliy san`at hamda dizayn yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta`sis etilishi Prezidentning  21 aprel kuni imzolagan qarorda belgilangan edi. 

Joriy yil oktyabr oyida buyuk musavvir tavalludining 565 yilligi keng nishonlanadi. 

    Boshqa yangiliklar