Avval xabar qilinganidek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJda “Raqobat to`g`risida”gi qonun talablari buzilishi bo`yicha qo`zg`atilgan ishning davomi bugun ko`rib chiqildi.
Qo`mitaning maxsus komissiyasi tomonidan o`tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini assossiz oshirganini tasdiqladi. Unga ko`ra avtomobillar narxlari 3 mln. so`mdan 19 mln. so`mgacha asossiz oshirilgani aniqlandi. Bu haqda deputat Doniyor G`aniev xabar bermoqda.
Shunga ko`ra komissiya "UZAUTOMOTORS” AJga bugundan boshlab narxlarni asossiz oshirilgan qismini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo`yicha ko`rsatma berdi. Shuningdek, mart oyidan buyon, ya`ni yangi asossiz oshirilgan narxlarda avtomobillarni sotib olgan mijozlar bilan qayta hisob kitob qilish topshirig`i berildi.
Ta`kidlanishichA, Komissiya qarori majburiy kuchga ega. Lekin kompaniya komissiya qaroridan norozi bo`lsa, sudga berishi va jarayon hali davom etishi ham mumkin.