Bugun Qarshi shahar tug`ruq kompleksida chiroqchilik ayol uch nafar egizak farzandlarni dunyoga keltirgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu quvonchli xabarga viloyat hokimi Zoyir Mirzaev ham alohida e`tibor qaratdi:
- Singlimizga onalik baxti muborak bo`lsin. Uch egizak farzandni katta qilish oson emas, albatta. Har qanday yordamga tayyorman. Ertagayoq egizaklar uchun atalgan o`z sovg`amni jo`nataman. Shuningdek, qonun doirasidagi barcha moddiy yordamlarni olishini ham o`z nazoratimga olaman.






