So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qo`qon shahri ko`chalarini isiriq yozdamida dezinfeksiya qilinayotgani holati aks etgan video tarqaldi. Mazkur lavhalar jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilindi. Shundan so`ng Qo`qon shahar hokimligi vaziyatga munosabat bildirib, Qo`qon shahar “Toza hudud” DUK xodimlari ushbu harakatlarni o`zaro hazillashib amalga oshirganini ma`lum qilgan edi. Ayni paytda Farg`ona viloyati IIBning xabar qilishicha, mazkur yuk mashinasi haydovchisiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
"Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqaramasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o`rganib chiqilib, ushbu avtotransport vositasi Qo`qon shahar “Toza hudud” DUKga qarashli ekanligi aniqlandi.
Yo`l harakati qoidalarining 156-bandini buzib, odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida yo`lovchi tashiganligi uchun haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi", - deyiladi xabarda.






