AsosiyJamiyat

Afg`onistonda o`zbek korxonasi ishchilariga qilingan qurolli hujumda halok bo`lganlar haqida ma`lumot berildi

'Afg`onistonda o`zbek korxonasi ishchilariga qilingan qurolli hujumda halok bo`lganlar haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 20 avgust kuni Afg`onistonning Mozori-Sharif shahri yaqinidagi temir yo`l qo`riqchilariga hujum uyushtirildi. Korxona “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tarkibiga kiradi. Shunga ko`ra, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ mazkur voqea yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Unga ko`ra korxona ishchi-xodimlarini ish joyiga olib ketish uchun kelgan korxona koordinasiya bo`limi boshlig`i o`rinbosari, xaydovchi va Afg`oniston Ichki ishlar vazirligining temir yo`lni qo`riqlash bataloni askari Xayraton ishchilar yashash bazasidan chiqishgan.

Shundan so`ng temir yo`lning taxminan 43 kilometri yaqinida ularga noma`lum shaxslar tomonidan qurolli xujum uyushtirilgan.

Xujum natijasida korxona koordinasiya bo`limi boshlig`i o`rinbosari jaroxhat olgan, ikki nafar Afg`oniston fuqarosi (Ichki ishlar vazirligining temir yo`lni qo`riqlash bataloni askari va bir nafar xujum qilgan noma`lum shaxs) halok bo`lgan.

Jarohat olgan korxona koordinasiya bo`limi boshlig`i o`rinbosari korxonaga tegishli avtomashinada Termiz shahridagi kasalxonaga etkazilgan.

21 avgust soat 7:00 dan Xayraton stansiyasi o`z ishini davom ettirish uchun ochildi. Mozori-Sharif va Naibobod stansiyalarida ochilishi bo`yicha ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, sodir bo`lgan ko`ngilsiz voqea oqibatida O`zbekiston fuqarolari halok bo`lmagan, deyiladi rasmiy xabarda. 

    Boshqa yangiliklar