AsosiyJinoyat

Navoiyda tilla koni nazoratchisi katta miqdordagi oltin qum zarralarini o`g`irlab chiqayotganida qo`lga olindi

'Navoiyda tilla koni nazoratchisi katta miqdordagi oltin qum zarralarini o`g`irlab chiqayotganida qo`lga olindi'ning rasmi

Navoiyda kon nazoratchisi o`z nazoratini yo`qotib, 42 million so`mlik oltin qum zarralarini o`g`irladi, deya xabar bermoqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati.

Keltirilishicha, Navoiy shahar 2-sonli IIB JQB hamda Idoraviy harbiylashtirilgan qo`riqlash otryadi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida, 1978 yil Navoiy viloyati Navoiy tumanida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti o`rta-maxsus, oilali – 3 nafar farzandi bor, NKMK DK kon boshqarmasida Idoraviy harbiylashtirilgan qo`riqlash otryadida nazoratchi, Karmana tumani “Qahramon” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.M. o`zi ishlab kelayotgan kon boshqarmasidan narxi qariyb 42 million 275 ming so`mlik qiymatdagi og`irligi 3800 gramm bo`lgan oltin qum zarralarini yashirin ravishda o`g`irlab ketayotgan vaqtida, qo`riqlash xizmati xodimlari tomonidan qo`lga olingan.

Natijada fuqaro N.M.ning jinoiy xatti-harakatlari yakuniga etmay qolib, ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan qoidabuzar N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25- hamda 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Insonlardagi o`tkinchi dunyoviy manfaatlar va nafs ustunligi zararli oqibatlardan biri ekanligini fuqaro N.M. sodir etgan qonun buzilishi misolida ko`rishimiz mumkin. U yirik tashkilotning nazoratchisi sifatida faoliyat olib borsada, o`z lavozimini suiiste`mol qilgan holda, o`g`irlikka qo`l urishini hech bir sabab bilan oqlab bo`lmaydi.

Nazoratchi tartib-intizomni kuchaytirishi, belgilangan vazifani sidqidildan ado etishi kerakligi o`rniga, o`z nazoratini unutishi achinarli hol, albatta. Biroq, qonun shaffoflikni ta`minlash bilan o`z kuchi va ustuvorligini saqlab qoladi. Endilikda aybdorga tegishli tartibda adolat mezonlari asosida jazo choralari belgilanadi.

 

    Boshqa yangiliklar