AsosiyJinoyat

Mahalla raisi ikki nafar ehtiyojmand fuqarolardan 28,5 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi fosh etildi

'Mahalla raisi ikki nafar ehtiyojmand fuqarolardan 28,5 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurota tuman bo`limi  tergovga qadar tekshiruv o`tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar berdi. 

Unda, tumandagi “A” nomli MFY raisi D.X. tomonidan yashash uchun uy-joyi bo`lmagan hamda ehtiyojmand oila toifasiga kiritilgan ikki nafar fuqaroga xonadon sotib olish uchun byudjetdan ajratilgan mablag`lardan 28,5 mln so`mini uy-joyni ta`mirlab berishga va`da qilgan holda firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib,  o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mahalla raisi D.X. qilgan ishidan pushaymonlik bildirib, etkazilgan zararning 19 mln so`mini o`z ixtiyori bilan qaytarganligi prosessual rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan D.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining  

168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar