2020 yil 22 avgust soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasidan 2 bemor vafot etdi.
SSV ma`lumotiga ko`ra, qurbonlarning biri Yunusobod tumanida yashagan 78 yoshli R.A. (erkak), ikkinchisi 67 yoshli R.A. (ayol).
Bugun soat 17:00 holatida 3 kishi koronavirusdan vafot etgandi. Ulardan biri Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov. Marhum 65 yoshda bo`lib, infeksiya 25 iyul kuni tasdiqlangan va poytaxtda davolash muolajalarini olib kelayotgan edi.
Bugun soat 10:00 holatida esa 2 nafar koronavirusga chalingan bemor o`limi qayd etildi.






