Hukumatning tegishli qaroriga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari Behzod Anvarovich Musaevga bir vaqtning o`zida sog`liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklanganligi bekor qilindi. Bu haqda O`zA yozdi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolash muolajalarini tugatib, salomatligi tiklangan holda o`z ish faoliyatini davom ettirishni boshlagani xabar qilingan edi.






