AsosiyJamiyat

Mirali Hamroevning Buxoro viloyatiga hokim etib tayinlangani yolg`on bo`lib chiqdi

'Mirali Hamroevning Buxoro viloyatiga hokim etib tayinlangani yolg`on bo`lib chiqdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari Mirali Hamroevning Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Oradan biroz fursat o`tib esa xabarlar o`chirildi.  

Mazkur xabarlar yuzasidan viloyat hokimligi rasmiy bayonot bilan chiqib, bu kabi ma`lumotlar hech qanday asosga ega emasligini va asossiz xabarlar jamoatchilikni faqat chalg`itayotganini ma`lum qildi.

Shuningdek, viloyat hokimligi matbuot xizmati yurtdoshlarimizni norasmiy axborot sahifalarida e`lon qilinayotgan ma`lumotlardan ogoh bo`lishga,  ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va blogerlarni esa yolg`on axborot tarqatmaslikka chaqiradi.

    Boshqa yangiliklar