Samarqand shahridagi 1-sonli tug`uruqxona bosh vrachi Gulnora Jo`raeva olamdan o`tdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Koronavirus profilaktikasi shtabi rasmiy telegram kanalida xabar qilindi.
Ma`lumot uchun:
Gulnora Jo`raeva 1964 yilda Samarqandda tug`ilgan. U uzoq yillar davomida Samarqanddagi turli tug`ruq majmualarida oddiy ginekologlikdan bosh shifokor lavozimigacha bo`lgan vazifalarda mehnat qilgan.
Bundan tashqari, Gulnora Jo`raeva bir necha yil davomida Samarqand viloyat kengashi deputati sifatida ham samarali faoliyat ko`rsatgan.
U 2017 yildan toki vafotiga qadar Samarqand shahridagi 1-sonli tug`uruqxona bosh vrachi vazifasini bajargan edi.






