AsosiyJamiyat

Shimoliy Kavkaz va Samara viloyatlaridan 927 nafar yurtdoshimiz poezdda O`zbekistonga olib kelinmoqda

'Shimoliy Kavkaz va Samara viloyatlaridan 927 nafar yurtdoshimiz poezdda O`zbekistonga olib kelinmoqda'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasi O`zbekiston fuqarolarini Rossiya Federasiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan hamda Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent-Rostov-Don-Toshkent” va “Toshkent-Kinel-Toshkent” temir yo`l reyslarini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qildi. Mazkur masala Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Transport vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Respublika maxsus komissiyasiga kiritilgan, deb yozmoqda TIV telegram kanali.

O`zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra, 23-avgust 927 nafar yurtdoshlarimiz bilan poezd “Pervomayskaya” stansiyasidan O`zbekistonga jo`nagan.

O`zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qilishicha, vatandoshlarni olib kelish uchun “O`zbekiston temir yo`llari” AJ poezdi Samara viloyatining “Kinel” stansiyasiga 24-avgust kuni etib kelishi rejalashtirilgan.

“Vatanimizga qaytib kelganidan so`ng O`zbekiston fuqarolari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat`iy rioya qilgan holda karantinda bo`lishlari shartligini eslatib o`tamiz”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar