Ayni soatda Mirobod tumanida yashagan 68 yoshli A.E. (erkak), Chilonzor tumanida yashagan 67 yoshli Z.G. (ayol) hamda Chinoz tumanida yashagan 38 yoshli X.Ya. (ayol), jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi, deb yozdi SSV axborot xizmati.
Bugun Toshkent shahrida 376 nafar, Toshkent viloyatida 141 nafar, Buxoro viloyatida 11 nafar, Xorazm viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 6 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 5 nafar, Farg`ona viloyatida 3 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, jami 564 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 35 551 (+564) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (90 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 517 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






