Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari “Bobur” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatdan viloyatdagi mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan “sintetik tolali mato” tovarlarini bojxona ko`rigidan o`tkazishdi. Bu haqda Davlat Bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, olib kelingan yuklar orasida hujjatlarda ko`rsatilmagan, umumiy qiymati qariyb 1 mlrd 13 million so`mlik “sintetik mato”lar borligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






