AsosiyJamiyat

Yashnobodda uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan ta`mirlash jarayonida 227,5 mln so`mlik mablag`lar talon-toroj qilinganligi aniqlandi

'Yashnobodda uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan ta`mirlash jarayonida 227,5 mln so`mlik mablag`lar talon-toroj qilinganligi aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Unda, tumandagi “I.K.” shirkati sobiq rahbari O.D. 2016-2018 yillar davomida shirkatga qarashli ko`p qavatli uylarni joriy ta`mirlash ishlari jarayonida “T.s.”, “T.m.” va “S.q.” MChJlar tomonidan haqiqatda bajarilmagan 227,5 mln so`mlik ta`mirlash ishlarini dalolatnomalarga qo`shib yozish orqali kredit mablag`larini talon-toroj qilganligi aniqlangan.  Bu haqda Bosh prokuratura "Darakchi"ga xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan O.D. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi 1-qismi va 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar