Ayni paytda Xalq ta`limi vazirligida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi vakillari ishtirokida "Respublika maktablarida 2020/2021 o`quv yilini boshlash va sanitariya qoidalariga rioya etilishi tartibi" mavzuidagi matbuot anjumani o`tkazilmoqda.
Unda aytilishicha, agar bitta sinfda bir vaqtning o`zida 3 nafar o`quvchida virus aniqlansa, faqat o`sha sinf karantinga olinadi.
Mazkur sinf onlayn o`qishga o`tkaziladi.
Shuningdek, anjumanda Respublika maktablarida 2020/2021 o`quv yilini boshlash va sanitariya qoidalariga rioya etilishi tartibi yuzasidan ma`lumotlar berilmoqda. Ta`kidlanishicha, dars vaqtini 30 daqiqaga qisqartirish taklifi berilgan.






