2020 yil 22 avgust kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi 30-umumta`lim maktabida bo`ldi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu muassasada hokim yangi o`quv yiliga puxta tayyorgarlik ko`rilishi, jumladan, maktab o`quvchilari uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida har bir sinf xonasini yangi va zamonaviy parta va stullar hamda dars mashg`ulotlarini yanada sifatli olib borilishi uchun elektron doskalar bilan ta`minlash bo`yicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan edi.
Bugun, 24 avgust kuni Sh.Abdurahmonov muassasada berilgan topshiriqlar asosida olib borilayotgan amaliy ishlarni ko`zdan kechirdi. Bundan tashqari, mazkur muassasani tamomlab kasb-hunar egallagan 11-sinf bitiruvchilarining 14 nafariga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun har bir bitiruvchiga sarmoya uchun 5 mln so`mdan kredit mablag`larini topshirdi.






