Sog`liqni saqlash vazirligi xabar qilishicha, 2020 yil 25 avgust soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 664 (+23) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining barcha 23 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 63 yoshli M.Z. (ayol), Uchtepa tumanida yashagan 62 yoshli A.T. (erkak) hamda Sergeli tumanida yashagan 55 yoshli S.B. (ayol), jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.






