Shu yilning 25 avgust kuni mamlakatimizda 316 holatda kasallik qayd etildi, bu esa so`nggi kunlardagi eng past ko`rsatkichdir, deb xabar berdi SSV.
Bugun Toshkent shahrida 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytgacha Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan hamda Navoiy viloyatlarida jami 432 nafar bemor sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 39 664 nafar bemordan 35 983 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 90 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 394 nafar bemordan 294 nafari og`ir, 110 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






