“Zarafshon” gazetasi muxbiri, ko`plab yoshlarning zahmatkash murabbiyi Adham Hayitov 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligining rasmiy telegram kanalida ma`lum qilindi.
Ustoz 1951 yil 20 yanvarda Urgut tumanida tug`ilgan edi. 1972 yilda Samarqand davlat pedagogika institutini bitirib, “Zarafshon” gazetasida musahhih sifatida faoliyat boshlagan. U kishi butun umr shu dargohda mehnat qildi. Muxbir, bo`lim mudiri, bosh muharrir o`rinbosari, mas`ul kotib sifatida fidokorona mehnat qildi.
Samarali faoliyati munosib taqdirlanib, “Yilning eng faol jurnalisti”, “Eng ulug`, eng aziz” respublika tanlovlarida g`olib bo`lgandi. “Shuhrat” medali sohibi.
Biz ham tahririyatimiz nomidan marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.






