AsosiyJamiyat

"U bir necha oydan beri komada, biroq u o`lmagan". Kim Chen In haqida taxmin qilinmoqda

'"U bir necha oydan beri komada, biroq u o`lmagan".  Kim Chen In haqida taxmin qilinmoqda'ning rasmi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Kim De Chjunning yordamchisi Chan Son Minning fikricha, Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In bir necha oydan buyon koma holatida yotibdi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

«O`ylashimcha, u komada, biroq u o`lmagan», — deya ta`kidlagan Chan Son Min.

Uning taxmin qilishicha, so`nggi vaqtlarda televidenieda ko`rsatilgan Kim Chen Inning omma oldiga chiqishi haqida barcha tasvirlar montaj qilingan. Ta`kidlashicha, Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjonga hukumatdagi bo`shliq sababli mamlakat etakchisi majburiyatlarining bir qismi yuklatilgan.

Chan Son Minning aytishicha, vakolatlarni to`liq o`tkazish darajasiga hali etib kelinmagan, hukumatdagi bo`shliqni uzoq vaqt ushlab turishning imkoni yo`qligi sababli Kim Yo Chjon birinchi qatorga chiqqan.
 

    Boshqa yangiliklar