AsosiyJamiyat

IIV tuzilmasida qator tayinlovlar amalga oshirildi

'IIV tuzilmasida qator tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligining Matbuot xizmati xabariga ko`ra, vazirlikda qator tayinlovlar amalga oshirildi. 

Quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi:

Podpolkovnik Anvar Mamatovich Normamatov Surxondaryo viloyati IIB boshlig`ining jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Anvar Normamatov Qiziriq tumani IIB boshlig`i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Abduvohid Nayimovich Jalilov Buxoro viloyati Jondor tumani IIB boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Abduvohid Jalilov yangi lavozimga qadar Vobkent tumani IIB boshlig`i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Azizjon Rajabovich Ashurov Buxoro viloyati Vobkent tumani IIB boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Yangi lavozimga qadar Azizjon Ashurov Olot tumani IIB boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Avvalroq, Toshkent shahrining Bektemir va Sergeli tumanlari IIO FMBga yangi rahbarlar tayinlangan edi.

 

    Boshqa yangiliklar