AsosiyJamiyat

Hazrati sulton cho`qqisining eng yuqori qismini suratga olishga erishildi

'Hazrati sulton cho`qqisining eng yuqori qismini suratga olishga erishildi'ning rasmi

Birinchi marotaba O`zbekistonning eng baland nuqtalaridan biri, Hazrati sulton cho`qqisining eng yuqori qismini suratga olishga erishildi.

Bu haqda Shahrisabz shahar hokimligi axborot xizmati ma`lum qildi.  

Klipmeyker va fotobloger Umid Normuratov Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi, balandligi 4030 metr bo`lgan Hazrati sulton cho`qqisining eng yuqori qismini suratda olishga muvaffaq bo`ldi.

Aytishlaricha, ushbu joyda ilohiy kuch yashirin bo`lib, shu kungacha cho`qqini eng baland nuqtasini suratga olishga bo`lgan harakatlar samarasiz yakunlangan.

 

    Boshqa yangiliklar