Sosiologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori Azizov Ulug`bek Botirovich O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
Ulug`bek Azizov 2016 yildan hozirga qadar O`zDJTU huzuridagi Chet tillarini o`qitishning innovasiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi direktori – prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Ma`lumot uchun: U bakalavriatni 2000 yilda shu universitetda tamomlagan. 2009 yilda Yaponiya Sukuba universiteti magistraturasida tahsil olgan. 2015 yilda Germaniyaning Erfurt universitetida falsafa doktori (PhD) ishini yoqlagan.






