O`zbekiston «Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat jamg`armasida juda ko`p miqdorda talon-tarojliklar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda jamg`arma direktori M.A.va boshqalar o`zaro oldindan til biriktirib, dori vositalari va tibbiyot uskunalarini qimmat narxlarda sotib olib, jamg`armaning 2,8 mlrd so`m mablag`larini o`zlashtirib yuborishgani oshkor bo`ldi.
Holat bo`yicha jamg`arma direktori M.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






