Chilonzor tumanida yashagan 79 yoshli V.Ya. (erkak), Olmazor tumanida yashagan 73 yoshli M.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi, deb xabar bermoqda SSV.
Shu bilan birga Toshkent shahrida 428 nafar, Toshkent viloyatida 115 nafar, Samarqand viloyatida 13 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Surxondaryo viloyatida 6 nafar, Andijon viloyatida 4 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 36 562 (+579) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (91 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 199 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






