AsosiyJamiyat

Marg`ilonda 2 nafar 22 yoshli yigit YTHda halok bo`ldi

'Marg`ilonda 2 nafar 22 yoshli yigit YTHda halok bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 26 avgust kuni soat soat 01:00 larda, Farg`ona  viloyati, Marg`ilon shahar, Hiyobon ko`chasidan o`tgan ko`prik ustida haydovchi 1998 y.t. A.R. “Kobalt” rusumli avtomobil tezligini me`yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, yo`lning xavfli burilish joyida rul boshqaruvini yo`qotib, ajratib turuvchi bordyur ustidan xarakatlanib o`tib, qarshisidan kelayotgan haydovchi 1986 y.t. Sh.A. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobil bilan to`qnashgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada “Kobalt” rusumli avtomobil haydovchisi 22 yoshli A.R. voqea joyida va yo`lovchisi 22 yoshli M.G`. shifoxonada vafot etishgan. “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi 34 yoshli Sh.A., yo`lovchilari 46 yoshli X.M. va 30 yoshli A.O.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan 26 avgust kuni Marg`ilon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Barcha yo`l harakati qatnashchilaridan yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilishlarini, o`zi va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz.

 

    Boshqa yangiliklar