Shu yilning 1 oktyabriga qadar Maktabgacha ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining respublikadagi barcha boshlang`ich bo`linmalarini, umumiy o`rta ta`lim va sog`liqni saqlash muassasalarining xodimlarini markazlashgan tartibda grippga qarshi bepul emlanadi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.
Prezidentimizning shu yil 26 avgustdagi “Aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorida tegishli mutaxassislar har bir ta`lim va sog`likni saqlash muassasasida xodimlarni emlash choralarini ko`rishi belgilandi.
Shuningdek, bu qarorda shu yilning sentyabr oyida:
-moddiy yordam va ko`makka muhtoj oilalarning ro`yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan;
- boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi;
-nogironligi bo`lgan.
16 yoshga to`lmagan bolalarga 500 ming so`mdan bir martalik moddiy yordam ajratilishi ham ko`zda tutilgan.






