26 avgust kuni soat 11:00 larda, Namangan viloyati, Namangan tumani hududidan o`tuvchi “Namangan-Toshbuloq-Shaxand” avtomobil yo`lida haydovchi, 1991 yilda tug`ilgan I.X. “Spark” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmasdan, boshqaruvni yo`qotib, yo`ldan chiqib ketib, ariqqa ag`darilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Natijada tan jarohati olganlar yo`q. Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB YHXG tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, o`zi va o`zgalar salomatligini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz.






