Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori va tibbiyot vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bog`liq qonunbuzilish holatlarining o`z vaqtida oldi olinmoqda.
Jumladan, Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.
Tadbir davomida, fuqaro A.B.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashina belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, avtomashina yukxonasida chet davlatida ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 17 million so`mlik virus blokatorlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat bo`yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






