Davlat test markazining rasmiy veb-saytida «Stadionlar va xiyobonlar» bo`limi tashkil etilib, unga 2020-2021-o`quv yili qabulida oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari uchun test sinovlari o`tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo`yicha ma`lumotlar joylashtirildi.
Unda quyidagi ma`lumotlar aks etgan:
Stadion yoki xiyobonning rasmi;
Hududga kirish joylari;
Stadion yoki xiyobon nomi;
Stadion yoki xiyobon manzili;
Sektor raqami;
Test topshiradigan guruhlar;
Stadion yoki xiyobonning google xaritadagi geolokasiyasi.
Test sinovlari o`tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar:
Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, o`sha hududdagi test sinovlari o`tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo`yicha ma`lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.






