AsosiyJamiyat

Mingga yaqin yurtdoshimiz maxsus poezdda Rossiyadan olib kelindi

'Mingga yaqin yurtdoshimiz maxsus poezdda Rossiyadan olib kelindi'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasi O`zbekiston fuqarolarini Rossiya Federasiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don –Toshkent” temir yo`l reysini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilgan edi.

O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, Rossiya va Qozog`iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 23 avgust kuni “O`zbekiston temir yo`llari” AJ poezdi 927 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Pervomayskaya” stansiyasidan O`zbekistonga jo`nagan.

Mazkur poezd 27 avgust kuni Namangan viloyatiga etib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda yo`l-patrul xizmati avtomashinalari kuzatuvi ostida karantin zonalariga etkazildi.

    Boshqa yangiliklar