"Toshshahartransxizmat"AJ bayram kunlaridagi avtobus qatnovlarini bir qator o`zgarishlardan kelib chiqib yo`lga qo`ymoqda.
Kompaniya xabariga ko`ra, 29 avgust kuni avtobuslar harakat jadvali ish kuni hisobida shakllantiriladi.
Qayd etilishicha, 30, 31 avgust va 1 sentyabr kunlari avtobuslar dam olish kuni hisobida harakatlanadi.
Ma`lumot uchun, Mustaqillik bayrami kunlari aholining dam olishi uchun qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 29 avgust - shanba, dam olish kuni 31 avgust dushanba kuniga ko`chirildi.






