Farg`ona viloyatining Marg`ilon shahrida 26 avgust kuni fuqaro R.A. boshqaruvidagi "Sobalt" rusumli avtomashinasini Hiyobon ko`chasida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan A.Sh. boshqaruvidagi "Spark" rusumli avtomashinasi bilan to`qnashishi oqibatida "Sobalt" avtomashina haydovchisi R.A. hodisa joyida va yo`lovchi G`.M. shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qilmoqda.


Shuningdek, "Spark" avtomashina haydovchisi Sh.A. yo`lovchilar M.X. hamda O.A.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli haydovchilar! Yo`l qoidasi - umr foydasi ekanligini esdan chiqarmang. Qoidabuzarlik ayanchli yakun topishi mumkin.






