Bosh prokuratura Matbuot xizmatining "Darakchi"ga xabar berishicha, , fuqaro N.B. “A” MChJ rahbari M.ga Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida qurilishi lozim bo`lgan umumiy qiymati 7,5 mlrd so`mlik maktab binosi va Olmaliq tumanidagi 4,5 mlrd so`mlik kapital ta`mirlash ishlarini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali olib berishga ishontirib, ushbu xizmati evaziga 60 000 AQSh dollari miqdorida “otkat” talab qilib, oldindan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan N.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






