AsosiyJamiyat

Koreyadagi o`zbekistonliklar uyushmasi tashkil etildi

'Koreyadagi o`zbekistonliklar uyushmasi tashkil etildi'ning rasmi

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligiga bag`ishlab “Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O`zbekiston” mavzusida onlayn uchrashuv bo`lib o`tdi.  Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.

Rossiya, AQSh, Qozog`iston, Qirg`iziston, Litva, Finlyandiya, Estoniya, Tojikiston, Latviya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardagi vatandoshlar jamiyatlari, diasporalar va madaniy markazlar vakillari ishtirok etgan uchrashuvda ko`p sonli vatandoshlar tashabbusi hamda mamlakatimizning Koreyadagi elchixonasi va TMMAning Koreyadagi vakolatxonasi hamkorligida Koreyadagi o`zbekistonliklar uyushmasi tashkil etilgani e`lon qilindi.

Uyushma o`z yurti, xalqi, madaniyatiga befarq bo`lmagan vatandoshlar tashabbusi bilan ro`yxatdan o`tkazildi.  

Tadbir so`nggida bu kabi uchrashuvlarni tez-tez o`tkazish, tajriba almashish va yurtimiz ravnaqi uchun birgalikda harakat qilishga kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar