AsosiyJamiyat

Bo`stonliq tumanida alohida ma`muriy-boshqaruv tizimi joriy qilinadi

'Bo`stonliq tumanida alohida ma`muriy-boshqaruv tizimi joriy qilinadi'ning rasmi

“Bo`stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.  

Farmonga muvofiq, aholi bandligini ta`minlash uchun 2022 yil 31 dekabrga qadar Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida alohida ma`muriy-boshqaruv tizimi joriy qilinadi.  

 Alohida ma`muriy-boshqaruv tizimi doirasida, Bosh vazir o`rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi bir vaqtning o`zida “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi (Direksiya) direktori lavozimini egallaydi, shuningdek, Bo`stonliq tumani hokimligi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Shuningdek, tuman hokimi to`g`ridan-to`g`ri Vazirlar Mahkamasiga bo`ysunadi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar va soliq bo`linmalarining rahbarlari esa maqomi, shu jumladan, mehnatga haq to`lash shartlari bo`yicha tegishlicha ushbu davlat organlarining respublika darajasidagi rahbarlari o`rinbosarlariga tenglashtiriladi.

Farmon bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan Tog`li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamg`armasi (Jamg`arma) tashkil etildi. Jamg`armaga 10 milliard so`mgacha bo`lgan mablag`lar ajratiladi.  

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab:

  •  tumanda lisenziya va ruxsatnoma berishdan, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va ma`muriy huquqbuzarliklar uchun jarimadan respublika va viloyat mahalliy byudjetiga tushadigan mablag`lar va bojlar to`liqligicha tuman mahalliy byudjetiga;
  •  tuman hududida joylashgan davlat mulki ob`ektlarini realizasiya qilishdan tushadigan mablag`lar (baholash va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish xarajatlaridan tashqari), shuningdek, er uchastkalarini realizasiya qilishdan tushadigan mablag`lar to`liq Jamg`armaga yo`naltiriladi.

 Shuningdek, tumanda amalga oshiriladigan islohotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tarkibida Tog`li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish sho``basi tashkil qilinadi.  

Bosh prokuratura tizimida Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat hamda erlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo`yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi.  

️Tuman hududida atrof-muhitni ifloslantiradigan zararli sanoat korxonalarini barpo etish qat`iyan man etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar