Bu haqda SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ma`lumot berdi.
Respublika bo`yicha bugungi kunga qadar 89 755 nafar bola karantinga olingan bo`lib, ularning orasida COVID-19 aniqlanganlar 3932 nafarni (4,3%) tashkil qilmoqda.
COVID-19 aniqlanganlar orasida yoshi bo`yicha tahlil qilganimizda:
➖ 1 yoshgacha 190 nafarni (4,8%);
➖ 3 yoshgacha bolalar 683 (17,4%) nafarni;
➖ 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar 934 (23,8%) nafarni;
➖ 7-18 yoshgacha bolalar 2125 (54%) nafarida kasallik aniqlangan.
3932 nafar kasallanganlar orasida jami sog`ayganlar — 3293 nafarni (83.7%), bugungi kunda davolanayotganlar 639 nafarni (16,3%) tashkil etmoqda.
Hozirgi kunga qadar bolalar orasida kasallikning o`ta og`ir kechishi kuzatilmadi, o`lim holati bo`lmadi.