AsosiyJamiyat

"Kechayu kunduz postda navbatchilik qildik, lekin ish haqimiz to`lab berilmadi"

'"Kechayu kunduz postda navbatchilik qildik, lekin ish haqimiz to`lab berilmadi"'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan, Chiroqchi tumanidagi Umakay postida navbatchilik qilgan shifokorlar faoliyatiga doir  “Tibbiyot xodimlari: “Kechayu kunduz postda navbatchilik qildik, lekin ish haqimiz to`lab berilmadi” sarlavhali murojaat mutasaddi tashkilotlar  vakillari hamkorligida o`rganilib, quyidagilar aniqlandi.  Bu haqda Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig`ining 2020 yil 28 martdagi buyrug`i bilan Umakay postida navbatchilik qilish uchun murojaatda ism-familiyalari ko`rsatilgan tibbiyot xodimlari jalb etilgan.  

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Umakay tez tibbiy yordam shoxobchasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Amir Ro`ziev aprel, may, iyun va iyul oylari 6 foizlik qo`shimcha rag`batlantirish to`lovlari uchun tabellarni o`z vaqtida taqdim etmagan. Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi Tolmas Toshpo`latov mazkur to`lovlar to`lanishini nazorat qilmagan. O`z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganliklari uchun A.Ro`ziev va T.Toshpo`latovga tuman tibbiyot birlashmasi boshlig`ining tegishli buyrug`iga asosan hayfsan berildi.  

O`rganish yakunida, joriy yilning 25 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 apreldagi PQ-4695-sonli qaroriga asosan Umakay postida navbatchilik qilgan xodimlar A.Ro`ziev, T.Fayzullaev, Sh.Aliev, B.Mamatov, X.Mustafoev, A.Mamanov, E.Xo`janovga jami 10 169 019 so`mlik rag`batlantirish to`lovlari to`lab berildi.  

 

 

    Boshqa yangiliklar