Joriy yilning 25 avgust kunidan boshlab Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi 1-11-sinf o`quvchilarining pandemiya sharoitida o`quv jarayonini boshlash bo`yicha ota-onalar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma natijalari sarhisob qilindi. Bu haqda XTV matbuot kotibi xabar berdi.
So`rovnomada 5 508 864 nafar ota-ona ishtirok etdi, bu ota-onalarning 89 foizi demakdir.
Ota-onalarning 76 foizi maktablarni an`anaviy tarzda faoliyat yuritishini, qolgan 24 foizi esa masofaviy ta`lim tarafdori ekanligini qayd etdi.






