AsosiyJamiyat

O`qituvchilarni grippga qarshi emlash xarajatlarini kim qoplaydi?

'O`qituvchilarni grippga qarshi emlash xarajatlarini kim qoplaydi?'ning rasmi

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda muhim savollarga javob qaytarildi.

Unda ma`lum qilinishicha, shu yilning 1 oktyabriga qadar Maktabgacha ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining respublikadagi barcha boshlang`ich bo`linmalari, umumiy o`rta ta`lim va sog`liqni saqlash muassasalarining xodimlari markazlashgan tartibda  grippga qarshi bepul emlanadi.

Emlash uchun zarur mablag`lar 2020 yil 30 iyuldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Prezident Farmonida nazarda tutilgan hamda boshqa qo`shimcha manbalar hisobidan o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar