AsosiyJamiyat

O`zbekistonga olib kelinayotgan vatandoshlarimizning temir yo`l stansiyalarida to`planishni davom ettirayotgani ularni bosqichma-bosqich olib kelishga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda — TIV

'O`zbekistonga olib kelinayotgan vatandoshlarimizning temir yo`l stansiyalarida to`planishni davom ettirayotgani ularni bosqichma-bosqich olib kelishga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda — TIV'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O`zbekiston transport vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Respublika maxsus komissiyasiga kiritilgan rejaga muvofiq, 2020 yilning 28 avgustidan boshlab "O`zbekiston temir yo`llari" AJning reyslari Ekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samara shaharlariga har hafta mobaynida tashkil etiladi. Ayni paytda TIV ushbu jarayonda vatanga qaytarilayotgan O`zbekiston fuqarolaridan tartibga amal qilishlarini so`ramoqda.

Hozirda vatandoshlarimizning aynan bir hudud, jumladan, temir yo`l stansiyalarida to`planishni davom ettirayotgani ularni bosqichma-bosqich olib kelish jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda

Shuni qayd etamizki, koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning ommaviy to`planishi virusni yuqtirish xavfini oshiradi. Ayniqsa, sog`lig`i xavf ostidagi toifalar (qariyalar, homilador ayollar, bemorlar, surunkali kasallikka chalinganlar) uchun bu holat yanada xatarlidir.

Rossiya hududida bo`lgan vatandoshlarimizdan poezd stansiyalarida to`planmasliklarini, hozirda bo`lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat`iy rioya qilishlarini yana bir bor so`raymiz.

    Boshqa yangiliklar