AsosiyJamiyat

Shahrisabzda koronavirusga chalinish bo`yicha raqamlar kamaytirib ko`rsatilmaganligi ma`lum qilindi

'Shahrisabzda koronavirusga chalinish bo`yicha raqamlar kamaytirib ko`rsatilmaganligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Koronavirusga chalinish holatlari yashirilyaptimi?” degan sarlavhali xabar e`lon qilingan. Unda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida kuniga 10 dan ortiq koronavirus holati qayd etilayotgani, lekin negadir statistikada kam ko`rsatilayotganligi aytilgan.

Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi ma`lum qilishicha,  Shahrisabz shahrida aniqlangan koronavirusga chalingan bemorlar  haqidagi statistik ma`lumotlar boshqa hududlar singari tegishli shtablar orqali jamlanib, Sog`liqni saqlash vazirligiga etkazilmoqda. Bu borada raqamlarni kamaytirib ko`rsatish holatiga yo`l qo`yilmagan.

"Prezidentimiz kecha o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida haqiqiy holat bo`yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo`l qo`ymaslik to`g`risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Tizimda mazkur jarayonga mas`ul mutasaddilarga bu borada zarur tushunchalar etkazildi.

Shu o`rinda fuqarolarning shaxsiy ma`lumotlarini ularning ruxsatisiz tarqatish qonunga zid ekanligini yana bir karra eslatib o`tamiz", deyiladi SSB munosabatida. 

    Boshqa yangiliklar