AsosiyJamiyat

Toshkentda yana 100 ga yaqin kishida COVID-19 aniqlandi

'Toshkentda yana 100 ga yaqin kishida COVID-19 aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 29 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41 160  nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari 93 nafarga oshgan. Ularning barcha 93 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Bugun Toshkent shahrida 287 nafar

Toshkent viloyatida 103 nafar

Buxoro viloyatida 10 nafar

Andijon viloyatida 4 nafar

Qashqadaryo viloyatida 3 nafar

Qorqalpog`iston Respublikasida 2 nafar

Namangan viloyatida 2 nafar

Farg`ona viloyatida 1 nafar bemor tuzaldi.

Yurtimizda 38 359 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

Hozirda 2 492 nafar bemor davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar