2020 yil 1-sentyabrdan boshlab, 76-sonli “Qora qamish 2/4-mavzesi – Toshkent vokzali” avtobus yo`nalishida “Avtosantrans-Servis” MChJning xizmat ko`rsatishi yo`lga qo`yiladi.
Bu haqda xabar bergan "Toshshahartransxizmat" Matbuot xizmatiga ko`ra, ushbu yo`nalishni qo`yilishiga Toshkent shahri aholisidan kelib tushayotgan murojaatlar sabab bo`ldi. Ularda ko`rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va yo`nalishlarda oraliq qatnov va oraliq interval vaqtlariga rioya etilishi so`ralgan.
Ushbu korxona tomonidan 76-sonli yo`nalishda “Yutong” va “Isuzu” rusumli avtobuslar tasarruf etiladi.
Yo`nalishda xizmat ko`rsatish davomida yo`lovchilarning oylik yo`l chiptalari haqiqiy hisoblanadi. Shuningdek, yo`l haqini elektron transport kartalari orqali to`lash uchun avtobuslar maxsus validatorlar bilan ta`minlangan.






