AsosiyJamiyat

O`zMU Jizzax filiali talabasi «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» tanlovi g`olibi bo`ldi

'O`zMU Jizzax filiali talabasi «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» tanlovi g`olibi bo`ldi'ning rasmi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zMU Jizzax filialining 1- bosqich talabasi Dilmurod Rahmatov Nursulton shahrida o`tkazilgan «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» xalqaro tanlovida faxrli I o`rinni egalladi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlaridagi ilm-fan, texnika rivojlanishiga hissa qo`shayotgan yoshlarni qo`llab-quvvatlash hisoblanadi.  

Tanlov natijalariga ko`ra, Dilmurod Rahmatovning ilmiy ishlari, qo`lga kiritgan natijalari hisobga olingan holda I o`ringa munosib deb topildi.  

Dilmurod «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» yozuvi tushirilgan ko`krak nishoni va I darajali diplom bilan taqdirlandi.  

Dilmurod shu kunga qadar “Viloyat hokimi“ stipendiyasi sohibi hamda xalqaro va respublika tanlovlari sovrindori bo`lgan.

Ma`lumot uchun, mazkur tanlovda Qoraqalpoq davlat universiteti bitiruvchisi Nargiza Baltabaeva ham I o`rinni egallagan.

    Boshqa yangiliklar