Ayni paytda Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli N.I. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli M.Yu. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida ma`lum qilindi.
E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 121 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 20 nafar, Andijon viloyatida 10 nafar, Buxoro viloyatida ham 10 nafar, Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 4 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 38655 (+296) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2456 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






