2020 yilning 29 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon tumanidagi shifoxonalardan birida shifokor bilan janjal yuzaga keldi" nomli sarlavha ostida videotasvir tarqaldi.
Bu holat bo`yicha Andijon viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Mazkur videotasvirda aks etgan holatlar Andijon viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan atroflicha o`rganildi.
Aniqlanishicha, 2020 yil 29 iyul kuni soat 13:30larda Andijon tumani Xrabek mahallasida yashovchi, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 3 qishloq oilaviy poliklinikasida umumiy amaliyot shifokori bo`lib ishlovchi fuqaro O.Yu ushbu shifoxonada o`z ish faoliyatini olib borayotgan vaqtida, Andijon tumani Kengash MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.G` jiyani M.A.ning sog`lig`i yomonlashganligi uchun uni ko`rsatish maqsadida ushbu poliklinikaga olib kelgan va shifokor O.Yu.ga ko`rsatmoqchi bo`lgan. Ammo fuqaro M.G` shifokor O.Yu.ning xatti-harakatlaridan ko`ngli to`lmasdan u bilan o`zaro janjallashib ketgan.
Ushbu holat 2020 yil 29 avgust kuni tuman IIB navbatchilik qismidagi Shakl-2 kitobidan ro`yhatdan o`tkazilgan. Hozirda yuqoridagi holat bo`yicha Andijon tumani IIB xodimlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






